Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining № 1 talabalar turar joyida institutimizning xotin-qizlar kengashi bo‘yicha dekan maslahatchilari Paxratdinova T., Karimullayeva M., Orinbayeva S. va yotoqxona tarbiyachisi Amanjolova D. tomonidan o‘tkazilgan «Oshpaz qizlar» ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi.

 Qizlar o‘zlarining pazandaligini, chaqqonligini, tozaligini, epchilligini ko‘rsatdi. Xalqda «Epli kelin kerakmi, sepli kelin kerakmi?»-degan gap bor.  Albatta, qizlarimiz epchil, chaqqon bo‘lsa kelajakda yaxshi kelin, uy bekasi bo‘ladi.

 Tanlovda «Oshpaz qizlar,» «Chaqqon qizlar,» «Ajoyib taom,» «Foydali taom ustasi» va «Chaqqon qizlar» nominatsiyalari bo‘yicha o‘rinlarni egalladi.

 Ko‘rik tanlovi qizlar uchun juda foydali va qiziqarli o‘tdi.  Tadbir yakunida ko‘ngilochar qo‘shiq va raqslar tashkil etildi.