Sherxan Murtaza nomidagi Xalqaro Taraz universitetining yetakchi mutaxassisi, professor Quandıq Seytbayev Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutimizda xizmat safari bilan bo‘ldi.
Tashrif doirasida professor Qandiq Seytbayev O‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik va landshaft dizayni kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar uchun seminar o‘tkazdi.
Seminar davomida Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion yondashuvlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Professor o‘z tajribasi asosida xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan samarali usullar haqida so‘zlab berdi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz