Shu yilning 23-mart kuni institutimizga Sh. Esenov nomidagi Kaspiy texnologiya va muhandislik universitetining professor-o‘qituvchilari keldi.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad – ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, institutimiz talabalariga zamonaviy bilim va tajribalarni yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida mehmon professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun mazmunli ma’ruzalar va amaliy mahorat darslari tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning bilimini yanada mustahkamlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Ushbu hamkorlik kelgusida ham davom etib, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro aloqalarni kengaytirishga muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda.