Olimpiada Iqtisodiy nazariya asoslari (A toifa – iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar o‘rtasida), Soliq va soliqqa tortish, Bank ishi va Umumiy iqtisodiy nazariya asoslari (B toifa – iqtisodiyotdan tashqari yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalar o‘rtasida) fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada yakuniga ko‘ra Iqtisodiy nazariya asoslari (A toifa – iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar o‘rtasida) bo‘yicha Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishining 2a-kurs talabasi Ilavatdinov Ajiniyaz va Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishining 2v-kurs talabasi Bazarbayeva Nargiza,
Soliq va soliqqa tortish fani bo‘yicha Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishining 3v-kurs talabasi Ollabergenova Munira,
Bank ishi fani bo‘yicha Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishining 2a-kurs talabasi Quvanishbayev Arsen va Umumiy Iqtisodiy Nazariya asoslari (B toifa – iqtisodiyotdan tashqari yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalar orasida) fani bo‘yicha ATT ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Saparboyev Jurabekler g‘olib bo‘ldi.
