Toshkent davlat agrar universitetining O‘simliklar himoyasi va karantini kafedrasi professori Jumayev Rasul Axmatovichning Toshkent davlat agrar universiteti va Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) bilan xamkorlikda amalga oshirilayotgan “Technical Assistance for Sound Management of Hazardous Chemicals” (GCP/UZB/017/EC/EC) loyihasi doirasida “O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish (IPM)” yo‘nalishi bo‘yicha 3 yillik yangi o‘quv reja va o‘quv dasturlari ishlab chiqilganligining muhokamasi, takliflar berish va kelgusida hamkorlik qilish to’g’risida.
Toshkent davlat agrar universiteti “O‘simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi professori Jumayev Rasul Axmatovichga berildi. Ma’ruzachi Toshkent davlat agrar universiteti hamda FAO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Technical Assistance for Sound Management of Hazardous Chemicals” (GCP/UZB/017/EC/EC) loyihasi doirasida tayyorlangan “O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish (IPM)” yo‘nalishining o‘quv rejalari, fan dasturlari va taqdimot materiallari haqida batafsil ma’lumot berdi hamda ularni muhokamaga havola etdi.
Toshkent davlat agrar universitetining “O‘simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi professori Jumayev Rasul Axmatovich so‘zga chiqib, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Technical Assistance for Sound Management of Hazardous Chemicals” (GCP/UZB/017/EC/EC) loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Loyiha doirasida ishlab chiqilgan “O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish (IPM)” ta’lim yo‘nalishining asosiy maqsadi, vazifalari hamda ushbu yo‘nalishning bugungi kundagi dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, IPM tizimining qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish, biologik himoya usullarini keng joriy etish va hosil sifatini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ma’ruzada yangi tashkil etilayotgan 3 yillik ta’lim yo‘nalishi uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalari, fan dasturlari va sillabuslarning mazmuni haqida ma’lumot berildi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqishda xorijiy tajribalar, xalqaro ta’lim standartlari hamda zamonaviy agrotexnologiyalar asos qilib olingani qayd etildi.
Taqdimot davomida yo‘nalish tarkibiga kiritilgan mutaxassislik fanlari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va ishlab chiqarish amaliyotlarining mazmuni haqida ham tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, mazkur ta’lim yo‘nalishini joriy etish orqali kelgusida malakali va zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati kengayishi ta’kidlandi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan ma’ruza va taqdimot materiallari qiziqish bilan tinglandi hamda ular yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.



