O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025-yil 14-fevraldagi «Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-61-sonli qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida»gi 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ish beruvchilarni qamrab olgan holda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2026-yil 15-may kuni «Karera kuni» mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

  Yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa sohaga tegishli tashkilotlar, yirik korxonalar, bank-moliya aksiyadorlik jamiyatlari hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.

  Respublikamiz bo‘ylab bir necha yillardan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Karyera kuni» mehnat yarmarkasi nafaqat talaba-yoshlar bandligini ta’minlabgina qolmay, balki ishsiz fuqarolarga mehnat qonunchiligi, mavjud ish o‘rinlarida belgilangan imtiyoz va kafolatlar, ish o‘rinlari haqida tushunchalar va ishga joylashish tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.