2026 yil 2-4 iyun kunlari oralig‘ida Samarqand shahrida Eco Expo Central Asia 2026 nomli yetakchi ekspertlar, ekologlar va innovatorlarni jamlagan yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
🎗Ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tgan tanlovda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Registrator ofisi menejeri Miyratdin Ajiniyazov o‘zining «Ecopots» startap loyihasi bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi va loyihasi 125 000 000 so‘m miqdorida moliyalashtirildi.
◾️Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridan 30 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi hamda jami 37 ta startap loyihasi taqdim etildi.


