Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining ish beruvchilari orasida UMUMMILLIY ISH BERUVCHILAR SO‘ROVNOMASI o‘tkazildi.
So‘rovnomaning asosiy maqsadi – bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmalari, mehnat faoliyatiga moslashuvi hamda ish beruvchilarning ular haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganishdan iborat.
So‘rovnoma davomida ish beruvchilarning bitiruvchilar tayyorgarligi bo‘yicha fikr va takliflari o‘rganilib, bildirilgan fikrlar ta’lim sifatini yanada yaxshilash, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish va bitiruvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


