Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 2027-yil uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha stajyor-izlanuvchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga talabgorlarni qabul qilishini e’lon qiladi!

  Doktorantura (DSc)

 06.01.04 – Agrokimyo – 1. 

Tayanch doktorantura (PhD)

06.01.02 – Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash – 1;

06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi – 1;

08.00.04 – Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti – 1;

06.01.08 – Oʻsimlikshunoslik (maqsadli kvota doirasida) – 2.

Stajyor-izlanuvshilik

03.00.10 – Ekologiya – 1.

Doktorantura (DSc)ga talaborlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Ariza.

Qisqacha biografik ma’lumotnoma.

Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun).

Pasport nusxasi.

Oliy ma’lumoti, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufasall loyihasi;

Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (kamida ikkita maqola va uchta tezis);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi g‘oliblari uchun tegishli hujjat nusxasi.

Tegishli til sertifikati talab etiladi.

Ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti.

Tayanch doktorantura (PhD) va Stajyor-izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Ariza.

Qisqacha biografik ma’lumotnoma.

Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun).

Pasport nusxasi.

Oliy o‘quv yurti magistratura diplomi nusxasi.

Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (kamida ikkita maqola va uchta tezis);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi g‘oliblari uchun tegishli hujjat nusxasi (stajyor-izlanuvchilik uchun shart emas).

Tegishli til sertifikati talab etiladi. (stajyor-izlanuvchilik uchun shart emas).

Ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti.

Eslatma: Talabgorlar 2026-yil 15-sentabr–15-oktabr oraligʻida http://daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Murojaat uchun: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi, Nukus shahri, Abdambetov ko‘chasi, r/u.

Telefon: 61-229-27-01,  97-704-84-70, 97-788-08-90.

Quyida ixtisosliklar bo‘yicha kirish imtihoni dasturi va baholash mezonlari bilan tanishish mumkin.

Doktorantura (DSc)

 06.01.04 – Agrokimyo (ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti)

Tayanısh doktorantura (PhD)

06.01.02 – Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (kirish imtihoni)

06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti)

08.00.04 – Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti (kirish imtihoni)

06.01.08 – Oʻsimlikshunoslik (maqsadli kvota doirasida) (ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti)

Stajyor-izlanuvshilik

03.00.10 – Ekologiya (suhbat)

06.02.03 – “Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti DASTURI

06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti DASTURI

05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” mutaxassisligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihoni DASTURI

06.01.08 – “O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti DASTURI

03.00.10- “Ekologiya” ixtisosligi bo‘yicha stajyor tadqiqotchilik uchun suhbat o‘tkazish DASTURI

08.00.04 — “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihoni DASTURI