https://career.edu.uz/ – Institut talabalari va bitiruvchilariga munosib ish o‘rinlarini topish, bo‘sh ish vakansiyalari bilan tanishish va ish beruvchilarga onlayn ariza yuborish imkonini beruvchi zamonaviy karyera platformasidir.
Platformaning asosiy maqsadi – talabalar, bitiruvchilar va ish beruvchilarni yagona raqamli muhitda bog‘lash, yoshlarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ishga joylashish jarayonini qulay va tezkor qilish.
Talabalar uchun imkoniyatlar
- O‘z mutaxassisligiga mos bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rishi;
- Turli tashkilot va kompaniyalarning vakansiyalari bilan tanishishi;
- Ish o‘rnining talablari, maoshi, ish vaqti va boshqa shartlarini ko‘rib chiqishi;
- O‘z CV yoki rezyumesini joylashtirishi;
- Vakansiyalarga onlayn ariza yuborishi;
- Qiziqtirgan vakansiyalarni saqlab qo‘yishi;
- Ariza holatini kuzatib borishi;
- Amaliyot, stajirovka va boshlang‘ich lavozimlar haqida ma’lumot olishi;
- Karyera va kasbiy rivojlanish bo‘yicha foydali ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
Ish beruvchilar uchun imkoniyatlar
Platforma tashkilot va kompaniyalarga ham o‘z vakansiyalarini talabalar va yosh mutaxassislarga yetkazish imkonini beradi.
Ish beruvchilar:
- Bo‘sh ish o‘rinlarini joylashtirishi;
- Vakansiya uchun talab va shartlarni ko‘rsatishi;
- Talabalardan onlayn arizalarni qabul qilishi;
- Nomzodlarning CV va ma’lumotlarini ko‘rib chiqishi;
- Mos nomzodlarni saralashi;
- Yosh va istiqbolli mutaxassislarni ishga jalb qilishi mumkin.➡️ https://career.edu.uz/