Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi o‘rtasida 2022-yil 8-sentabrda tuzilgan 5-sonli Hamkorlik shartnomasi ijrosini ta’minlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida muhim tadbirlar tashkil etildi.
Joriy yilning 5–7-noyabr kunlari institutning «Agroinjeneriya va innovatsion texnologiyalar» kafedrasiga Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi direktorining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandisi Tolibayev Alpisbay Yerjanbayevich tashrif buyurdi.



