«Yaşil makon – kelajakka qadam» mavzusida forum bölib ötdi
Joriy yilning 22-oktyabr kuni Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida Özbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi partiya taşkiloti Kengaşi Ijroiya qömitasi va Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti Ekologiya va yaşil transformatsiya kafedrasi hamkorligida taşkil etilgan «Yaşil makon – kelajakka qadam» mavzusidagi forum bölib ötdi.
Forumda institut jamoasidan Ekologiya va yaşil transformatsiya kafedrasi mudiri A.Kaliliknazarova, dotsent S.Yeşçanova, va ÖzR Prezidenti huzuridagi Orolböyi Xalqaro innovatsiya markazi vakili P.Toreşov, ÖzR Prezidenti huzuridagi Orolböyi Xalqaro innovatsiya markazi vakili G.Berdimuratov, QR Örmon xöjaligi boşqarmasi vakili Q.Mambetşaripov, QR Yaşil boğlarni boşqariş, örmon ilmiy tajriba markazi hududiy boş boşqarmasi vakili U.Xalmuratov, Ekologiya va yaşil transformatsiya kafedrasi dotsent v.v.b., magistranti Z.Ibragimova.
Forumni Özbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi partiya taşkiloti Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi A.Begimova va Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Ş.Akmalov oçib berdi.
Forumda tabiatni asrab-avaylaş, daraxt va köçatlar ekiş, yaşil hududlarni köpaytiriş, ekologik muammolarning oldini oliş hamda yoş avlod qalbida ona tabiatga mehr va mas’uliyat tuyğusini şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida yaşil makon yaratiş nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar oldidagi muhim mas’uliyat ekani alohida ta’kidlandi. Çunki har bir ekilgan köçat, asrab-avaylangan daraxt va ozoda saqlangan hudud atrof-muhit musaffoligi, inson salomatligi va yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.


