«TALABALIK DAVRIMDAGI 1-KO‘CHATIM»: YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA AKSIYA O‘TKAZILDI

2026-yil 16-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-199-son Farmonida belgilangan yashil hududlarni kengaytirish hamda ko‘chat ekish ishlarini izchil davom ettirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida «Talabalik davrimdagi 1-ko‘chatim» aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi bilan hamohang tarzda o‘tkazilgan ushbu tadbirda Rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Mambetniyazova, fakultet dekan maslahatchilari hamda faol talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Talabalar turar joyi hududida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, talaba-qizlar atrof-muhitni muhofaza qilish va institut hududini ko‘kalamzorlashtirishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.