“EKO-MADANIYAT” — TOZA ATROF MUHIT!

Ekologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni toza saqlash, hududlarni chiqindilardan tozalash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlarda faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalar hududdagi chiqindilarni yig‘ib, tozalik va obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ushbu tashabbus yoshlarning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, ekologik ongini mustahkamlash hamda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Zero, tabiatni asrash — barchamizning burchimiz! Toza muhit esa har birimizning kundalik harakatimizdan boshlanadi.