Yashil makon milliy loyihasida institut jamoasi faol qatnashdi
Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida institut jamoasi hamda faol talaba-yoshlar keng ishtirok etdi. Mazkur tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Loyiha davomida institut hududi va unga tutash joylarda ko‘plab manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi, hudud obodonlashtirildi hamda yashil maydonlar kengaytirildi. Talaba-yoshlar bu jarayonda katta tashabbus va faollik ko‘rsatib, tabiatga mehr-muhabbat va ekologik madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Shuningdek, tadbir davomida ekologik targ‘ibot ishlari olib borilib, daraxt ekishning ahamiyati, tabiatni asrash va uni kelajak avlodlarga sog‘lom holda yetkazish zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda mas’uliyat va tabiatga e’tibor hissini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

