Agroinjenering va iqtisodiyot fakulteti talabalariga Prezident qarori hamda «Kelajakka qadam» dasturi böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi.
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutining Agroinjenering va iqtisodiyot fakultetida Institut Registrator ofisi boşliği D.B.Ramazanov tomonidan talaba-yoşlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qiliş va bandligini ta’minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 210-sonli qarori va «Kelajakka qadam» dasturining mazmun-mohiyati böyiça tarğibot-tuşuntiriş işlari taşkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga Prezident qarorida belgilangan ustuvor vazifalar, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbus va ğoyalarini röyobga çiqariş, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş hamda moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, «Kelajakka qadam» dasturining asosiy maqsadi va yönalişlari, dastur doirasida talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, öz biznes loyihalarini işlab çiqiş, startap taşabbuslarini amalga oşiriş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş va moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari tuşuntirildi.

