Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori yoşlar bilan uçraşdi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugungi kunda muntazam amalga oşirilayotgan «Har payşanba – Yoşlar kuni» taşabbusi mamlakatimizda yoşlar bilan işlaşning mutlaqo yangi, samarali va manzilli tizimini şakllantirmoqda. Uşbu taşabbus asosida Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida ham manzilli işlar olib borilmoqda. Bu fikrimizning dalili sifatida bugun institutimiz rektori M.M. Dauletmuratov talaba-yoşlar bilan uçraşdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, startap loyihalarini rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘rganish, sport va madaniy tadbirlardagi ishtirokini kengaytirish hamda iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarga institutimiz talabasi Quwandıq Reyimbaevning ilmiy izlanishlari, innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishtirildi. Xususan, uning “Mini-dronlar ishlab chiqarish” nomli ilmiy g‘oyasi 2026-yilda o‘tkazilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida g‘olib deb topilib, 80 million 900 ming so‘m miqdorida mablag‘ bilan taqdirlangani alohida e’tirof etildi.


