Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekning «Nega doim uzoq safarlarga ketasiz?» degan savoliga yöllagan maktubining mazmun-mohiyatiga bağişlab, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti fakultetlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etildi
Tadbirda Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-öqituvçilari, tyutorlar hamda talaba-yoşlar faol iştirok etdi.
Tadbir davomida davlatimiz rahbarining uşbu maktubida ilgari surilgan ezgu ğoyalar, xususan, xalqqa xizmat qilişni yuksak burç deb biliş, xalq manfaatini şaxsiy manfaatlardan ustun qöyiş, mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligi yölida fidokorona mehnat qiliş kabi hayotiy tamoyillar atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, xat mazmuni orqali yoşlarga Vatanga muhabbat, xalq oldidagi mas’uliyat, halollik, mehnatsevarlik va fidoyilik kabi insoniy fazilatlarning ahamiyati tuşuntirildi. Davlat rahbarining tinimsiz safarlari, hududlarda aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilişi, mavjud muammolarni joyida örganişi va ularning yeçimiga alohida e’tibor qaratişi yurt ravnaqi hamda xalq farovonligi yölidagi ulkan mas’uliyat namunasi sifatida e’tirof etildi.
Muloqot jarayonida professor-öqituvçilar tomonidan maktubning tarbiyaviy ahamiyati, undagi hayotiy saboqlar va yoş avlod uçun ibratli jihatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talaba-yoşlar ham öz taassurotlari bilan örtoqlaşib, yurtga munosib farzand böliş, puxta bilim oliş, tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bölib yetişiş hamda kelajakda xalq va Vatan ravnaqi uçun xizmat qilişga intiliş zarurligini ta’kidladilar.


