O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlangan, erkin fikrlay oladigan yosh avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni tashqi ta’sirlar va «ommaviy madaniyat»ning zararli ta’siridan himoya qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish hamda shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilgan ittifoq, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat tashkilot hisoblanadi.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik siyosiy va iqtisodiy chora-tadbirlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kiritish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy darajasini yuksaltirish, ularning intellektual va ishchanlik qobiliyatlarini yanada takomillashtirishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
– barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘z hayotiy pozitsiyasiga, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallaydigan, mamlakatni rivojlantirish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘ladigan yoshlarni kamol toptirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish.
– yoshlarni, asosan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlash, ularda o‘zlikni anglash, sodir bo‘layotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini uyg‘otish.
– yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish.
– iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z intellektual ongini yanada yuksaltirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Mustaqil mamlakatimizning deyarli barcha soha va tarmoqlarida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgani kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni ham ayniqsa to‘lqinlantiradi. Bugungi musaffo osmon, tinch-totuv yurtda yashab, ta’lim olayotgan yoshlarga barcha imkoniyatlar eshigi ochilgan. Ular orasidan eng iqtidorli va iste’dodlilarini rag‘batlantirib, qo‘llab-quvvatlashning o‘zi ijobiy natijalarini bermoqda.Qishloq xo‘jaligi sohasiga yetuk mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali talabalariga bir qancha imkoniyatlar yaratib berilgan.
QORAQALPOG‘ISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTIDA 2100 dan ortiq talaba yoshlar tahsil olayotgan bo‘lsa ularning barchasi filialimiz yoshlar ittifoqi ro‘yxatiga olingan. Institut O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti o‘z ish rejasidagi barcha chora-tadbirlarni samarali bajarib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, turli ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari hamda hududdagi Qumbiz ovul fuqarolar yig‘inidagi ro‘yxatda turgan nogiron va imkoniyati cheklanganlar, keksa nuroniylar, kam ta’minlangan oilalar holidan filialimiz yoshlar ittifoqi faol yoshlari bilan hamkorlikda xabar olinmoqda. Ushbu o‘tkazilayotgan tadbir va musobaqalarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorlarini yanada oshirish hisoblanadi.