⚡️O’qishni ko’chirishga oid test sinovlari 23-25 avgust kunlari bo’ladi

Bu haqda DTM direktori o’rinbosari Sardor Rajabov ma`lum qildi.

Tez orada my.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomani ko’chirib olish mumkin bo’ladi. Ruxsatnomada kim qaerda va qachon test topshirishi yozilgan bo’ladi.

Testlar butun respublika bo’ylab o’tkaziladi, kim qaysi hududda test topshirishni tanlagan bo’lsa, o’sha erda topshiradi.

O’qishni ko’chirishda talaba o’zi tanlagan yo’nalishga mos 2 ta mutaxassislik fanidan test topshiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi.

2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

?@jahon_uzz