29-oktyabr kuni institut konferensiya zalida imkonlab loyihasiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. Seminarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbuyi xalqaro innovatsiya markazi, tadqiqot va innovatsiya bo’limi boshlig’i, imkonlab loyihasi koordinatori Sh.Xojanazarov va loyiha trenerlari, mentorlari, institut professor o’qituvchilari, talaba yoshlari ishtirok etdi. Seminarda imkonlab loyihasi ijtimoiy innovatsiya va tadbirkorlikni voyaga etmaganlar va yoshlar o’rtasida rivojlantirish ekanligi, bu loyiha BMT ning Yunisef bolalar fondi moliyalashtiruvida amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o’tildi. Seminarda talaba yoshlarni loyihada ishtirok etishga chaqirdi. Trening mazmunli va qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi.