2021 yilning 15 noyabr kunidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Janubiy-Ural davlat agrar universiteti bilan hamkorlik shartnomasi doirasida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» ta’lim yo’nalishi talabalariga onlayn darslar tashkillashtirilgan. Onlayn darslarni Janubiy-Ural davlat agrar universitetining professor-o’qituvchilari dotsent A.P Ziryanov, professor A.V Startsev va  R. M Latipovlar Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish sohasi bo’yicha nazariy darslar olib bormoqda.

O’z navbatida 30 noyabrdan boshlab institutimizning «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» kafedrasi professor-o’qituvchilari professor O.P.Avezov va S.N.Shamshetov va dotsent R.O. Sadikov,  D.T. Utemuratovalar va boshqa o’qituvchilar o’zlarining nazariy darsli bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.