O’zbekiston Respublikasining Ekaterinburg shahridagi Bosh konsuli bilan onlain uchrashuv
2021-yilning 17-dekabr kuni institutimizning sheriklaridan biri bo’lgan Janubiy -Ural davlat agrar universitetida O’zbekiston Respublikasining Ekaterinburg shahridagi Bosh konsuli Xatamov Abdusalom Qurbonovich mehmonda bo’lib, J-UDAUning O’zbekistondagi sheriklari bilan onlain uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuvda institutimiz rektori professor E. Toreniyazov chiqib gapirib, ikkita OTM o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha toliq ma’lumot berib o’tdi. J-UDAU bilan shartnoma 2021-yilning 18-iyun kuni imzolanib, bugungi kunga qadar bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Ular qatorida onlain yozgi maktab, J-UDAUning qabul komissiyasining institutimizga tashrifi, fakultetlar o’rtasidagi onlayn darslar va qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar o’rin o’lgan.