Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori, professor E.Sh.Toreniyazov raisligida institut magistrlari bilan birgalikda uchrashuv o’tkazildi. O’tkazilgan uchrashuvda talaba yoshlarning bilim, ilim olishga, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek Prezidentimiz Sh.Mirziyoev raisligida oliy o’quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlashga doir o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ko’rsatilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida, endilikda institutda talabalarning bush vaqtlarida ishlab daromad topishlari uchun ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash va talabaning bilim va potentsialidan kelib chiqqan holda ishga joylashtirish masalalari to’g’risida aytib o’tdi.