2022-yilning 15-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiyalar markazida Germaniya mamlakatidagi Leibnits Universiteti professorlari Georg Guggenberger, Olga Shibistova va shu Universitetning bir qator bakalavr talabalari va magistrantlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Institutimiz Xalqaro aloqalar bo’limi xodimlari, magistrantlar va doktorantlar qatnashib, Institutimiz va unda Qoraqalpog’iston Respublikasi ekologiyasini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot berdi. Professor Georg Guggenberger O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiyalar markazi va Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar Instituti hamkorlikda ish yuritishi mahalliy ekologik muammolarni hal qilishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida kelajakda Leibnits Universiteti bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.