Joriy yil 6-oktyabr kuni oliy ta’lim muassasasi talabalari ortasida «Universiada-2022» sportlar musobaqasining sportning stol tennis turi bo’yicha kuchli sportchilarni saralash bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya institutidan qizlar jamoasinda » Meva -sabzovotchilik, qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va ishlov berish texnalogiyası» fakulteti talabasi N.Kalbaeva, erkaklar jamoasinda «Agrobiologiya va o’simliklarni qo’riqlash» fakulteti talabasi faol qatnashib, o’zlarining jismoniy tayyorgarligini ko’rsatdi. O’yin juda qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi va
kuyidagi natijalarni qo’lga kiritdi:
1-orin » Qoraqalpoǵiston Davlat universiteti »
2- orin » Nokis Davlat pedagogika instituti »
3-orin » Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institututi »
G’oliblarni institutimiz jamoasi nomidan tabriklaymız!