Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2022-yil 21-oktabr kuni O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 33 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Til – millatning faxri, g‘ururi” mavzusida tantanali bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbirni institut rektori E.Sh. Toreniyazov ochib berdi. Ona tilini asrab-avaylash har bir insonning burchi ekanligini ta’kidlab o`tdi. Tadbirga Nukus davlat pedogogika instituti “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Sh.Aldasheva taklif etildi. Birinchi prorektor R.Ibragimova so`zga chiqib o`zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirish yo`nalishida olib borilayotgan ishlar bo`yicha to`xtalib o`tdi va o`zbek tili bayrami munosabati bilan hammani tabrikladi. Tadbirda institutimiz talaba yoshlari o`zbek tilini madh etuvchi she’rlarni va bahru baytlarni ifodali oqib berishdi. Tadbir musiqiy chiqishlar bilan davom etdi, ishtirokchilar munosib taqdirlandi.