Oliy ta’lim tizimida «Registrator ofisi»ning asosiy vazifalari
Ta’lim sohasini raqamlashtirish dolzarb masalalardan biri. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida oliy ta’lim tizimini eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlash va raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilishning muhim shartlaridan biri ekanini ta’kidlagan edi. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qaroriga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida «Registrator ofisi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
«Registrator ofisi»ning asosiy vazifalari talabalarning o‘quv faoliyatini hisobga olish va nazorat qilishni rejalashtirish va tashkil etishdan iborat bo‘lib, unga mutaxassisliklar va kurslar bo‘yicha talabalarning birlamchi ma’lumotlar bazasini tuzish, mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv kurslariga talabalarni ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, talabalarning o‘quv faoliyatining barcha jihatlari bo‘yicha hisobotlarni tuzish, talabalar kontingentining harakatini hisobga olish va boshqalar kiradi.