Samarqandda agrar ta’lim va ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tti. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xorijiy tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Tadbir xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalari muhokama o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov boshchiligidagi delegatsiya ham tadbirda ishtirok etti.Tadbir doirasida xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalari bo‘yicha hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu esa qishloq xo‘jaligi sohadagi barqaror rivojlanishni taminlaydi.