Joriy yilning 28-29 may kunlari Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ofisi tomonidan «Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida treninglar va klaster uchrashuvi» tashkil etildi.

 Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan Erasmus+ dasturining ilg‘or loyihalari, muvaffaqiyatli amaliyotlari hamda ularning barqaror natijalari muhokama qilinmoqda.

 Ushbu tadbirda institutimiz Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i D.Jumamuratov va tayanch doktoranti B.Abdikairovlar ishtirok etmoqda. Tadbirda B.Abdikairov institutimizda amalga oshirilgan BUzNET  loyihasi bo‘yicha ma’lumot berib, o‘zining bayonoti bilan ishtirok etdi.