Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida Agrotexnologiya va o‘rmonchilik, Zooinjeneriya fakultetlari 1-kurs talaba-yoshlari ishtirokida «Amir Temur tavalludining 689 yilligi» munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Amir Temur (1336-1405) – buyuk sarkarda, davlat arbobi, Temuriylar sulolasining asoschisi va u XIV asrda yashab, buyuk imperiyalardan birini tuzgan. Uni adolatli boshqarishni qat’iy tartib-qoidalar asosida olib borgan. «Kuch adolatda» shiori uning boshqaruv siyosatining asosini tashkil etgan. Amir Temur ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. O‘z davlatining poytaxti sifatida Samarqand shahrini dunyoning eng go‘zal va rivojlangan shaharlaridan biriga aylantirdi.
Tadbirda o‘qituvchilar tomonidan Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi donishmandligi, harbiy yurishlari, ilm-fan, madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi, ingliz va qoraqalpoq tillarida savol-javoblar o‘tkazildi.
Talabalarga «Kuch adolatda» degan shior bugungi kun yoshlari uchun qanchalik darajada dolzarbligi haqida aytib o‘tildi. Tadbir davomida tarixiy faktlar, asarlari haqida ma’lumotlar berilib, yoshlar o‘z bilimlarini yanada boyitdi, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘zlarida his qila oldi desak yanglishmagan bo‘lamiz.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz