26 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan «Yoshlar oyligi» doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Yoshlar ishlari agentligi direktor o‘rinbosari Abdulaziz Mo‘minov vazirlik tizimidagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq yosh izlanuvchi va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi.
 Ushbu uchrashuvga Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutidan 3-kurs tayanch doktorant Abdikairov Bekmurat, 1-kurs magistrantlari Joldasbayeva Hurliman va Uzakova Faridalar faol qatnashib qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.