Tadbirda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Ingliz tili» fani o‘qituvchilari rahbarligida institutimiz talaba yoshlari ishtirok etib, uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Muhim 90 kun» loyihasi asosida tashkil etildi.

 «Movie time» – bu ingliz tilidagi filmlarni ko‘rishga bag‘ishlangan tadbirdir. Har bir uchrashuv bitta filmga va uning asosiy mavzusiga bag‘ishlangan. Ishtirokchilar film bo‘yicha savollarga javob beradi, bu materialni tushunganligini tekshirish va har bir klub a’zosiga syujet, bosh qahramonlar, filmdagi masalalar haqida o‘z shaxsiy fikrini bildirish imkonini beradi.

 Ushbu darslar talaba yoshlarga tanqidiy fikr yuritish, kommunikativ ko‘nikmalar, ijodiy qobiliyat va jamoada ishlash layoqatini rivojlantirishga yordam beradi.