2025 yil 6-8 iyul kunlari Qozog‘iston Respublikasi Almati shahrida «Alliance»ga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi universitetlari rektorlarining 4-forumi hamda Ipak yo‘li Qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilmiy-tadqiqot innovatsiyalari alyansining 10 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu nufuzli tadbirda institutimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Davletmuratov ishtirok etdi.

 Forumda 40 ga yaqin mamlakatdan 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashib, qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

 Tadbir doirasida M.Davletmuratov xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan oz  ara fikirlar almashti. Suhbatlarda ayniqsa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish hamda xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvlar do‘stona va hamkorlik ruhida o‘tdi.