Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Jahon reytingida 113-o‘rinda turgan Yaponiyaning Tohoku universiteti talabasi tahsil olmoqda.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Agrobiologiya va o‘simliklarni himoya qilish fakulteti «Agroximiya va tuproqshunoslik» kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti Tajimuratov Bekpolat va Yaponiyaning Tohoku Universiteti talabasi Yuxara Yume bilan hamkorlikda Orol dengizining qurigan tubidagi tuproqning agrokimyoviy xususiyatlari, pH balansi va sho‘rlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Akademik almashinuv asosida xorijiy universitetlarning talabalari oliy o‘quv yurtining nufuzi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilarning ham shaxsiy reputatsiyasining yaxshilanishiga olib keladi.
Yaponiyaning OISCA xalqaro tashkiloti koordinatori bilan onlayn uchrashuv!
📌 Bugun Yaponiyaning OISCA xalqaro tashkiloti koordinatori bilan Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi va Agrotexnologiyalar instituti talabalari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yaponiyaning OISCA xalqaro tashkiloti koordinatorlari Yuna Aoyama (Tokio Qishloq xo‘jaligi va Texnologiya Universiteti talabasi), Yume Yuhara (Tohoku Universiteti talabasi), Marin Nagai (Chiba Universiteti talabasi), Timur Boranbayev va Bekpolat Tajimuratov (QAXAI doktoranti) ishtirok etdi.
Uchrashuvdan maqsad Yaponiyaning OISCA xalqaro tashkiloti Qoraqalpog‘istonda qanday ishlar olib borayotgani, Yaponiyalik talabalarga yaratilgan imkoniyat va imkoniyatlar hamda Qoraqalpog‘istonlik talabalar uchun Yaponiyada qanday bilim va tajriba olish imkoniyatlari haqida prezentatsiya qildi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Yaponiyaning Tohoku universiteti o‘rtasida shartnomaga muvofiq hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston sharoitida yer osti suvlarini o‘rganish ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. 3-kurs Agrokimyo mutaxassisligi tayanch doktoranti Tajimuratov Bekpolat va 3-kurs talabasi Yume Yuxara hozirgi kunda tumanlardan yer osti suvlaridan namunalar olmoqda. Professor Makino bilan qilinadigan ishlar haqida kelishib olindi. Kelgusida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy ishlar yana davom etadi.