Bugungi kunda sir emaski, bitiruvchilar soni mavjud ish o‘rinlariga nisbatan ko‘proq. Bu esa mehnat bozoriga raqobatbardosh, bilimli va ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur o‘zlashtirgan kadrlar talab yuqriligini anglatadi. Mazkur holat nafaqat bitiruvchilar, balki ularni tayyorlagan oliy ta’lim muassasasi zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

 Talaba yoshlarimizning bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga mos kadrlar tayyorlash maqsadida institutimiz rektori B.B. Jollibekov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor N. Absattarov Nukus shahrida joylashgan «Yuventa Nukus» MCHJ tarkibidagi muzqaymoq ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi.

 Uchrashuv davomida korxona direktori G. Aytmuratov bilan institutimiz yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni dual ta’lim asosida ish va amaliyot o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

 Shundan so‘ng korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi va kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda malakali mutaxassislarni tayyorlashga birgalikda hissa qo‘shish bo‘yicha ishonch bildirildi.

 Mazkur hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini oshirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.