2025-yil 20-avgust kuni Xalqaro ekspert Ansgar Cordier xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutimizda bo‘ldi.

 Uchrashuv davomida institutimizning bugungi kundagi imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va amalga oshirilayotgan loyihalari hamda xalqaro aloqalarimiz haqida o‘zaro fikr almashildi.

 Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlaridagi loyihalarni o‘rganish orqali Germaniyaning GIZ xalqaro loyihasining Respublikamiz rivojlanish yo‘lidagi strategiyalarini belgilash va shu asosda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

 Bu taklif institutimiz rahbarlari tomonidan ijobiy qabul qilindi va institutimiz bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

 Uchrashuv yakunida Ansgar Cordier institutimiz rektori B.Jollibekovga ajratilgan vaqt va mazmunli ma’lumotlar uchun minnatdorchilik bildirdi.