2025-yil 14-sentyabr kuni Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) Janubiy, Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti janob Yingming Yang hamda OTB vakillari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdi. Xizmat safari doirasida mehmonlar institut faoliyati bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng institut rektori B. Jollibekov boshchiligida respublikamiz tadbirkorlari va qator ilmiy-amaliy loyihalar rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori ochib berib, ishtirokchilarni tanishtirdi hamda ularning faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berishni so‘radi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z ish faoliyati va erishgan natijalari haqida so‘zlab, mavjud muammolarni yoritib o‘tdilar.
Janob Yingming Yang va delegatsiya a’zolari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot olib borib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuvda rivojlanish uchun ilg‘or texnologiyalar va yuqori malakali kadrlar zarurligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan xorijiy tajribali mutaxassislarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirildi.
Tadbir yakunida tomonlar samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi va kelgusi ishlarda katta muvaffaqiyatlar tiladi.