
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut talaba-yoshlari, tyutorlar hamda “Gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi o‘qituvchisi R. Ibragimova ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida R. Ibragimova so‘zga chiqib, o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini yanada oshirish yo‘nalishida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u barcha ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida institut talabalari o‘zbek tilini madh etuvchi she’rlar va bahru baytlarni ifodali o‘qib, milliy tilimizga bo‘lgan mehr va e’tiqorlarini namoyon etdilar.
(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz