O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Kelajakka qadam» markazi tashkil etildi.

 Markazning asosiy maqsadi – bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirishda ko‘maklashishdir. Markazda talabalar o‘z biznes g‘oyalarini tayyor loyihaga yetkazish, moliyalashtirish imkoniyatlari, sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlarda ishtirok etish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlash jarayonlari bo‘yicha kerakli ma’lumot va maslahatlar olishi mumkin.

 Shuningdek, «O‘zmilliybank» AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi mutaxassislari «Kelajakka qadam» markaziga biriktirilib, talabalar bilan amaliy ishlar olib bormoqda va biznes loyihalarni ishlab chiqishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.

 Ishning bajarilishini «Registrator ofis» bo‘limi talabalarga xizmat ko‘rsatish menejeri G. Pirniyazova muvofiqlashtirib boradi.