Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir joriy yilning 28 mart kuni institut kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda institutning «Registrator ofis» boshlig‘i I.Sulaymonov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Mambetov, shuningdek, hamkor tashkilotlar – O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi K.Kudaybergenova va Nukus shahar Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi F.Utegenova ishtirok etdi.
Seminar davomida bitiruvchi talabalar biznes g‘oyani yaratish, uni amaliy loyihaga aylantirish va moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldi. Tadbirda 80 nafar bitiruvchi talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz