Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Volgograd davlat agrar universitetining “Agrosanot majmuasidagi mashinalardan foydalanish va texnik servis” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Aytmuratov Marat Tajimuratovich tashrif buyurdi.
Marat Tajimuratovich “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kursi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar olishdi va agrosanoat majmuasidagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashishdi. Mashg‘ulotlar zamonaviy o‘qitish uslublariga asoslangan bo‘lib, talabalarga jahon tajribasini o‘rganish va bilimlarini kengaytirish imkonini bermoqda. Shuningdek, Marat Tajimuratovich “Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi” fakultetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” kafedrasida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar o‘tkazdi.
Hamkasblar bilan suhbat chog‘ida Marat Tajimuratovich universitet, magistratura va aspiranturaga qabul qilish tartibi haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, dotsent M.T. Aytmuratov kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz