Blue-Satreps galofit aralash dehqonchilik yunalishida ish olib borgan “Don va sholi” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida tajriba dalalarida mahalliy sharoitlarga, iqlimga chidamli, yuqori hosilli boshoqli ekinlar, no’ananaviy ekin navlarini ko‘paytirish va urug‘chiligi yolga qo’yish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Bu loyihaga institutimiz professori Zulfiya Sultanova raxbarlik qildi, uning bajarilishiga institutimizdan ilmiy darajaga ega professor-oqituvchilar: t.f.d., docent G. Abdieva, t.f.d., docent Karimullaeva, doktorantlar: Satbaev A., Purxanova A., Mambetova N., magistrantlar va talaba yoshlar qatnashdı.
 Yaponiya universitetlari bilan birgalikda Orol bo’yi sharoitida mahalliy iqlimga moslashgan ekinlarni tanlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’miynlash borasidagi sa’y-harakatlarini aks ettiruvchi: arpa, tritikale, mogar, chumiza va maxsarning genetik jihatdan yaxshilangan istiqbolli liniyalar aniqlandi.
 2025-yil 28-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat nav sinash komissiyasi tomonidan loyiha ishtirokchilari yaratgan kuzgi arpaning yangi mahalliy Yantarniy-3 navi ro‘yxatga olinib, patent berildi. Ushbu yangi nav Xalqaro ICBA tshkilotidan olingan germoplazmaning takomillashtirilgan genetik liniyasidan yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Navning tajribalardagi ko’p yilllik ma’lumotlar bo’yicha o’rtacha hosildorligi 59,2 ts/ga, ishlab chiqarishdagi sinovlarda 55,6 ts/ga tashkil etti. Bu standart navdan 4,1 ts/ga yuqori. Vegetatsiya davri o’rtacha 246 kun.