Sh. Esenov nomidagi Kaspiy texnologiya va muhandislik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan institutimizning Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi talabalari uchun «Qishloq xo‘jaligida aqlli texnologiyalardan foydalanish» mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy raqamli yechimlar, xususan, aqlli sug‘orish tizimlari, IoT (Internet of Things) texnologiyalari, dronlardan foydalanish, sun’iy intellekt asosida hosildorlikni prognoz qilish va agrotexnik jarayonlarni avtomatlashtirish kabi ilg‘or yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida xorijiy tajriba misolida real loyihalar tahlil qilinib, talabalar bilan interaktiv savol-javoblar tashkil etildi. Bu esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga xizmat qildi.
Ushbu seminar talabalarda zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning innovatsion fikrlashini rivojlantirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz