Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari sport musobaqasida yuksak natijalarga erishdi

  🏓Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining stol tennisi turida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi munosib ishtirok etib, yuksak mahorat, kuchli iroda va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko‘rsatdi hamda umumjamoa hisobida faxrli II o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri E. Qutıbaev tomonidan II darajali diplom, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Shuningdek, musobaqaning yakkalik bahslarida institut talabasi Atabek Esenbekov yuqori sport mahorati va faolligi bilan ajralib turib, faxrli II o‘rin sohibi bo‘ldi. Juftlik bahslarida esa Nurullo Egamberdiev hamda Zuhra Baxitova o‘zaro hamjihatlik va professional tayyorgarlik namoyon etib, faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur yutuq institutda yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarning jismoniy salohiyati va ma’naviy barkamolligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasi ekanligi bilan ahamiyatlidir. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rahbariyati hamda keng jamoatchiligi ushbu muvaffaqiyatga munosib hissa qo‘shgan, talabalarni yuqori saviyada tayyorlagan ustoz-murabbiylar — Z.Allaniyazov samimiy minnatdorchilik izhor etadi. Institutda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sport sohasidagi yutuqlarini rag‘batlantirish hamda respublika va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.