QORAQALPOG‘ISTON TUPROQLARI HAQIDAGI YANGI RAQAMLI GEO­PORTAL YARATILDI

     Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi assistenti Bekpolat Tajimuratov Qoraqalpog‘iston tuproqlari haqidagi zamonaviy raqamli ma’lumotlarni jamlovchi Karakalpakstan Soil Geoportal platformasini yaratish bo‘yicha xalqaro loyihada hammuallif sifatida ishtirok etdi.
     Mazkur geoportal International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) tomonidan Abu Dhabi Fund for Development (ADFD) moliyaviy ko‘magida 2026-yilda amalga oshirilgan “Development of Sustainable Agricultural Production Systems in Degraded Areas of Karakalpakstan” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
🔬 Tuproq ma’lumotlari keng qamrovda o‘rganildi
Loyiha doirasida 2026-yil mart–iyul oylarida Qoraqalpog‘istonning turli hududlaridan tuproq namunalari olindi. Namuna olish jarayonida FAO metodologiyasiga asoslangan yondashuv hamda GHRERTX tuproq tahlil qurilmasidan foydalanildi.
Tadqiqot davomida tuproqning 7 ta asosiy ko‘rsatkichi o‘lchandi:
🔹 pH;
🔹 elektr o‘tkazuvchanligi (EC);
🔹 tuproq namligi;
🔹 tuproq harorati;
🔹 azot (N);
🔹 fosfor (P);
🔹 kaliy (K).
🗺 Zamonaviy GIS texnologiyalari asosida xaritalar yaratildi
To‘plangan ma’lumotlar GIS texnologiyalari yordamida qayta ishlandi va tuproq xususiyatlarining hududiy taqsimlanishini ko‘rsatuvchi raqamli xaritalar ishlab chiqildi.
Bunda Empirical Bayesian Kriging (EBK) va Inverse Distance Weighting (IDW) fazoviy interpolyatsiya usullaridan foydalanilib, Qoraqalpog‘iston hududini qamrab oluvchi 500 metr aniqlikdagi tuproq xaritalari yaratildi.
Geoportalda, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning 2026-yil uchun 10 metr aniqlikdagi Land Use/Land Cover (LULC) — yer foydalanish va yer qoplami tasnifi xaritasi ham taqdim etilgan.
🌐 Geoportal qanday imkoniyatlarni beradi?
Karakalpakstan Soil Geoportal orqali foydalanuvchilar:
✅ tuproqning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha interaktiv xaritalarni ko‘rish;
✅ tuproq namunalari olingan nuqtalarni aniqlash;
✅ ma’muriy hududlar chegaralarini ko‘rish;
✅ turli tuproq chuqurliklari bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
✅ tuproq va yer qoplami xaritalaridan foydalanish;
✅ loyiha doirasida shakllantirilgan ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyatiga ega.
Mazkur ma’lumotlardan ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tahliliy va boshqa tegishli maqsadlarda bepul foydalanish mumkin.
👥 Loyiha jamoasi
Geoportalni yaratishda quyidagi mutaxassislar ishtirok etgan:
Dr. Asad Qureshi
Dr. Bokhir Alikhanov
Bekpolat Tajimuratov
Qayipnazarov Bayram
Janabaev Arislan
Institutimiz vakili Bekpolat Tajimuratovning ushbu xalqaro ilmiy-amaliy loyihada ishtirok etishi Qoraqalpog‘istonda tuproq resurslarini raqamlashtirish, GIS texnologiyalaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish yo‘nalishidagi muhim natijalardan biridir.
🌐 Karakalpakstan Soil Geoportal:
https://karakalpakstansoils.com/
📌 Tavsiya etilgan iqtibos:
International Center for Biosaline Agriculture (ICBA). 2026. Karakalpakstan Soil Geoportal: Soil Data and Spatial Maps of Karakalpakstan, Uzbekistan.