Xitoy olimlari va talabalari Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida

     «Yozgi maktab-2026» dasturi doirasida Xitoyning yetakchi ilmiy muassasalari – CRAES va Geografiya fanlari hamda tabiiy resurslar tadqiqotlari instituti vakillari institutimizga tashrif buyurdi.
2026-yil 2–5 sentabr kunlari bo’lib o’tgan uchrashuvda mehmonlar institutning ta’lim yo’nalishlari, xalqaro reytinglardagi o’rni va istiqbolli loyihalari bilan tanishtirildi. Xitoylik olimlar va talabalar GIZ ko’magida tashkil etilgan o’quv-ilmiy laboratoriya, «Agrokimyo va tuproqshunoslik» hamda Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash laboratoriyalarining faoliyati, Orolbo’yi tuproq sho’rlanishi muammolari bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.
    Uchrashuv davomida ishtirokchilar institut atrofidagi hududlari bilan tanishdi. Xususan, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg’unlashtirishga xizmat qiluvchi o’quv-tajriba dala bog‘lari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar 2026–2027 o’quv yilidan boshlab strategik Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar. Ushbu memorandum asosida kelgusi 5 yil davomida talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar almashinuvi yo’lga qo’yilishi belgilandi.