«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrotexnologiya fakultetida talaba-yoshlar bilan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
   Unda Agrotexnologiya fakulteti dekani I.Aytimov, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Tlegenov, fakultet dekan o‘rinbosari B.Jumashov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

    Uchrashuvni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi boshlig‘i M.Tlegenov olib bordi. Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlarning ta’lim jarayoni, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlari, huquqiy bilimlarini oshirish va kelajakdagi rejalariga oid fikr va takliflari tinglandi.
    Shuningdek, talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

    Ushbu muloqot yoshlarning o‘z fikr va tashabbuslarini bevosita rahbarlarga yetkazishi hamda ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim izlash uchun muhim muloqot maydoni bo‘ladi.