“Yoşlar – millat kelajagining hal qiluvçi kuçi” mavzusida motivatsion uçraşuv – interaktiv trening-seminar taşkil etildi.

Şu yilning 9-noyabr kuni Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida öz sohasida katta hayotiy va kasbiy tajriba töplagan, jamiyatda munosib obröga ega bölgan mehmonlar – Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi T.Abdijabbarov, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi X.B.Eşimbetov, Don va şoli ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi direktori D.U.Utambetov, şuningdek, institutning öquv işlari böyiça prorektori T.Q.Naurizov, tadbirkorlar va talaba yoşlar iştirok etdi.

Uçraşuv davomida Prezidentimizning nutqida yoşlarga qaratilgan ğoyalar – ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, mamlakat taraqqiyotidagi örni, zamonaviy bilim va kasb egallaşning ahamiyati batafsil yoritildi. Mehmonlar özlarining hayot va kasbiy yöli misolida talabalarga ibratli fikrlar bildirib, keksa avlod tajribasi va milliy qadriyatlarning yoşlar tarbiyasidagi örni, yoşlarning ijtimoiy hayotdagi faolligi va fuqarolik mas’uliyati, qişloq xöjaligi va agrar ilm-fan sohasida yoşlar uçun oçilayotgan istiqbollar haqida söz yuritdi.