O‘zbekiston Respublikasi Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi bilan shartnoma imzolandi

 2021-yilning 27-dekabr kuni institutimiz va O‘zbekiston Respublikasi Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.  Shartnomadan asosiy maqsad institutimizning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalarining ishlab chiqarishdagi qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlashning yangi texnologiyalari bilan tanishish va ilmiy ishlar natiyjalarin ishlab chiqarishga tavsiya etish bolib hisoblanadi. Shartnoma muddati 5 yildan iborat bolib, uning asosiy bandlari quidagilardan iborat:

  1. Birgalikda seminar-treninglar tashkillashtirish.
  2. Talabalarning uyushma va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarida amaliyot otishini tashkillashtirish.
  3. Dorivor o‘simliklarning plantatsiyalariga safarlar tashkillashtirish.

Birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.